Poyezdlar 2022-yilning 18, 20, 23, 25, 27, 30-dekabr va 2023-yilning 3, 6, 8, 10, 13, 15-yanvar kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
156-sonli “Toshkent — Urganch” yoʻnalishi:
Toshkent 00:05 — Urganch 14:23
155-sonli “Urganch — Toshkent” yoʻnalishi:
Urganch 17:35 — Toshkent 06:54
Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari (hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Chiptalar, shuningdek, elektron tarzda chipta.railway.uz da ham sotiladi, deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.