“Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi

    Transport 7 Yanvar 2023 825

    Qishki taʼtil kunlari uzaytirilishi munosabati bilan yoʻlovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent-Urganch-Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

    Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    2023-yilning 17 va 20-yanvar kunlari 156-sonli “Toshkent — Urganch” yoʻnalishi:

    Toshkent 00:05 — Urganch 14:23

    2023-yilning 17 va 20-yanvar kunlari 155-sonli “Urganch — Toshkent” yoʻnalishi:

    Urganch 17:35 — Toshkent 06:54

    IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz