Toshkent – Xoʻjayli yoʻnalishidagi avtobus soat 11:45 da “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Xoʻjaylidan esa avtobus soat 11:45 da Toshkent shahri tomon yoʻlga chiqadi. Ushbu yoʻnalish chipta narxi 125 000 soʻm etib belgilangan.
Chiptalarni “Toshkent” avtovokzali kassalaridan, shuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.