Harorat pasayishi arafasida Toshkent aeroportining uchib kelish hududida kutib oluvchilar uchun pavilon qurilishi yakunlandi.
Umumiy maydoni 500 kv.m bo'lgan alohida pavilon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan. Ushbu pavilonda kutib oluvchilar uchun o'rindiqlar mavjud bo'lib, yaqin kunlarda kafe va gul do'koni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o'rnatiladi.
Aytish joizki, qurilgan pavilon vaqtinchalik yechim hisoblanadi. Ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda bo'lib, u yerda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi, deya xabar bermoqda uzbairportsuz.