Toshkent aeroportida mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish shoxobchasi ochildi

    Toshkent aeroportining uchib kelish zalida mobil qurilmalarning IMEI kodlarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish shoxobchasi ish boshladi.

    Maydoni 8 kv.m boʻlgan xizmat koʻrsatish shoxobchasi e-auksion.uz elektron platformasi orqali oʻynaldi. Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi kim oshdi savdosi gʻolibi deb topildi.

    Mazkur shoxobchada uchib kelgan barcha yoʻlovchilar bir necha daqiqa ichida import qilingan (yangi yoki Oʻzbekistondan tashqarida foydalanilgan) mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin.

    IMEI kodini roʻyxatdan oʻtkazish narxi rezidentlar uchun 30 kalendar kun ichida, norezidentlar uchun esa 60 kalendar kun ichida 68 000 soʻmni (BXMning 20 foiz) tashkil etadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, mobil qurilma IMEI kodini roʻyxatdan oʻtkazish mahalliy uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalari ulangan kundan boshlab 30 kalendar kun (norezidentlar uchun 60 kalendar kun) ichida amalga oshirilishi kerak.

    Aks holda, qurilmaning IMEI kodini roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar abonentga mahalliy GSM uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish taqiqlanadi.