“Uzbekistan Airports” mazkur holat boʻyicha maʼlumot berishicha, uzilish samolyotlarning uchishi va qoʻnishiga taʼsir qilmagan va barcha xizmatlar odatiy rejimda faoliyat olib borilgan.
Joʻnash va kelish zallari zaxira dizel generatorlar va UPS yordamida elektr energiyasi bilan taʼminlandi. Soat 2:49 ga kelib elektr energiyasi toʻliq tiklandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xabariga koʻra esa “Qoʻyliq” podsansiyasidan chiquvchi Uzbekistan Airports tasarrufida boʻlgan 35 kV yuqori kuchlanishli “Aeroport-5” tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda Toshkent aeroportida elektr energiyasi taʼminotida uzilish yuzaga kelgan. Bu paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli barcha tarmoqlar soz holatda boʻlgan.
Soat 02:49 da Aeroport isteʼmolchi tasarrufidagi zaxira tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan taʼminlangan.