Ritmik musiqa, sinxron harakatlar, hayratlanarli raqs energiyasi oʻnlab yoʻlovchilar eʼtiborini tortdi. Raqs fleshmobi tomoshabinlari Dubay va Moskvadan kelgan yoʻlovchilar boʻldi. Odamlar spektaklni telefonlarga suratga olishdi, qarsak chalishdi, kimdir esa raqsga ham qoʻshildi.

Tadbir 26-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar poytaxtning 60 dan ortiq joylarida boʻlib oʻtadigan Tashkent Dance Fest — 2022 keng koʻlamli festivali doirasida boʻlib oʻtdi.