Bu haqda “UZBEKISTAN AIRPORTS” maʼlum qildi.
Endi har bir yoʻlovchi smartfon orqali QR-kodni skanerlash orqali aeroport faoliyatiga baho berishi va oʻz takliflarini qoldirishi mumkin. Bu boshqaruv kompaniyasiga yoʻlovchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga va xizmat koʻrsatish, navigatsiya va noaviatsiya xizmatlari sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Poytaxt aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallarining koʻzga koʻringan joylariga oʻrnatilgan QR-kodlar yoʻlovchilarni qulaylik uchun uch tilda – oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlab chiqilgan qisqa soʻrovnomaga yoʻnaltiradi. Anketa havolasi rasmiy veb-saytida ham mavjud boʻlib, u har kimga oʻz fikr-mulohazalarini qoldirish imkonini beradi.