Shu yilning 1 – 10-dekabr kunlari 38 va 46-avtobus yoʻnalishlarida yoʻl haqi toʻlovini nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirildi. Natijada avtobusda chiptasiz yurgan 238 ta yoʻlovchilar aniqlandi va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Oʻtgan oʻn kun mobaynida yoʻnalishlarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida avtobusda chiptasiz yurgan jami 2 966 ta yoʻlovchilarga nisbatan MJtKning 144-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarima qoʻllanildi.
Har bir toʻlangan yoʻl haqi – bu transport tizimini yaxshilash, yangi avtobuslar sotib olish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan bevosita sarmoyadir.
Eslatma: Xarajatlarni tejashga urinish oʻrniga, jarima toʻlash vaqtida yuzaga keladigan noqulayliklarning oldini olish uchun chiptani oʻz vaqtida xarid qiling yoki toʻlov vositalaridan foydalaning.








