Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, poytaxtda aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli chora-tadbirlar natijasida oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, goʻsht narxlari aholi uchun sezilarli darajada pasayishiga erishildi.
Bugundan boshlab Toshkent shahrining barcha aholisi va mehmonlari goʻsht va goʻsht mahsulotlari misolida buni oʻz koʻzlari bilan koʻrishlari mumkin.
Toshkent shahar bozorlarida goʻsht mahsulotlari savdosi uchun shoxobchalar soni oshirilib, ular kengaytirildi. Bu esa xaridorlar uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, goʻsht narxlari barqarorlashtirildi. Bu yoʻnalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda poytaxtning beshta yirik bozorida goʻsht narxlari pasaygan. Jumladan, Chorsu, Yunusobod, Farhod, Aviasozlar va Qoʻyliq bozorlarida arzonlashtirilgan narxlarda goʻsht mahsulotlari sotilmoqda.









