Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda 30-sentyabr kuni soat 20:10 da yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati maʼlum qildi.

Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot mavjud emas.

Yongʻinni bartaraf etish jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor A.X.Qoʻldoshev bevosita joyidan boshqarib bordi.