Toshkent davlat agrar universitetida Oʻzbek-Malayziya innovatsiya markazini tashkil etiladi

    Toshkent davlat agrar universiteti Malayziyaning birinchi raqamli texnologik universiteti bilan memorandum imzoladi.

    Delegatsiya Malayziyaning eng yirik telekommunikatsiya operatori CelcomDigi kompaniyasi ofisiga tashrif buyurib, innovatsion texnologiyalar bilan tanishdi. Kompaniyada 5G va sunʼiy intellekt texnologiyalarining qishloq xoʻjaligida qoʻllash, raqamli texnologiyalar yordamida aqlli qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, masofadan turib ekin maydonlarini nazorat qilish tajribasi oʻrganildi.

    Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Malayziyaning eng yetakchi universitetlaridan biri – Asia Pacific University of Technology & Innovation(APU)ga ham tashrif buyurishdi. APU rektori delegatsiyani kutib olib, universitet infratuzilmasi va taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.

    APU universiteti Malayziyaning birinchi raqamli texnologik universiteti hisoblanadi, shu bois ham mazkur universitet bilan qishloq xoʻjaligiga yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, raqamli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandum imzolandi. Ushbu memorandum doirasida agrar universitetida Oʻzbek-Malayziya innovatsiya markazini tashkil etish koʻzda tutilmoqda.