Toshkent davlat pedagogika universitetida Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligiga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Haydar Aliyev — “Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari va strategik sheriklik asoschisi” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

    Dastlab O‘zbekistondagi Ozarbayjon madaniyat markazi oldidagi Haydar Aliyevning byusti poyiga gul qo‘yildi.

    So‘ng tadbir ishtirokchilari universitetda Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan Haydar Aliyevning fotosuratlari va nashrlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

    Anjumanda Haydar Aliyev shaxsining buyukligi haqida so‘z yuritilib, uning nafaqat Ozarbayjon, balki O‘zbekiston uchun ham juda katta va qadrli inson ekanini ta’kidlandi: paxta ishi va Sovet davrida o‘zbek xalqiga qarshi boshqa fojia va provokasiyalarning oldini olishdagi jonbozliklari yodga olindi. Har ikki davlatning munosabatlari va hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishidagi xizmatlari e’tirof etildi.

    Tadbirning badiiy qismida universitetning “Oltin Meros” ansambli tomonidan o‘zbek va ozarboyjon musiqalari ijro etildi.

    Ozarbayjon va O‘zbekiston xalq artisti Gulyanog‘ Mammedova ijrosida yig‘ilganlarga milliy musiqamiz va mashhur o‘zbek musiqalaridan namunalar namoyish etildi.

    Tomoshabinlar chiqishlar gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.