Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Shu yilning 28-iyul sanasidan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlar tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, musiqiy taʼlim, jismoniy madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha boshlandi.
Ijodiy imtihonlar universitetning Chilonzor tumanida joylashgan bosh binosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda.
Imtihonlar oʻtkazilishidan oldin abituriyentlarning roʻyxatdan oʻtish vaqtida koʻrsatgan telefon raqamiga SMS xabar yuborilib, imtihon oʻtkaziladigan sana, joy va vaqt maʼlum qilingan.
Xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bir imtihon oʻtkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi va ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini maxsus havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirayotgan abituriyentlar tibbiyot niqobi va qoʻlqop, ichimlik suv bilan taʼminlanmoqda.