Toshkent davlat stomatologiya institutida finlandiyalik professor-oʻqituvchilar ish boshladi

    Ta'lim 24 Noyabr 2020 2500

    Toshkent davlat stomatologiya instituti va Finlandiyaning JAMK universiteti oʻrtasida imzolangan oʻzaro hamkorlik memorandumiga muvofiq, ikki nafar finlandiyalik professor Toshkent stomatologiya instituti jamoasiga qabul qilindi.

    Professorlar Annina Kangas-Niyemi (Annina Kangas-Niemi) va Sari Yarvinen (Sari Järvinen) talabalarga “Sogʻliqni saqlash menejmenti va boshqaruvi” fanidan maʼruza va amaliy mashgʻulotlarni olib boradilar.

    Maʼlumot uchun, 2021-yil yanvar oyidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Finlandiyaning Turku amaliy fanlar universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturi doirasida dastlabki qabulni boshlash rejalashtirilmoqda.