Ushbu hamkorlik doirasida har ikkala OTM tomonidan har yili 30 nafar pedagoglar dars mashgʻulotlariga jalb etilishi, stomatologiyaning 6 ta yoʻnalishi boʻyicha ispaniyalik mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirishlari uchun kurslarda oʻqitishga kelishib olindi.

Shuningdek, 2021-yildan 100 nafar ispaniyalik talaba stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha malaka kurslariga qabul qilinadi va ispaniyalik bemorlarga Oʻzbekistondagi tibbiy turizm tizimi salohiyatidan foydalanishga sharoit yaratish kabi yoʻnalishlar belgilab olindi.

Maʼlumot oʻrnida: Ispaniyaning Balear universiteti 1978 tashkil etilgan. Bugungi kunda 18.000 ziyod talabalar taʼlim oladi.