Ikki taʼlim muassasasi oʻrtasida olib borilayotgan ishlar ijobiy baholanib, Belorus davlat texnologiyalar universitetining Ilmiy kengashi qaroriga koʻra universitet rektori professor S. Turabdjanov Belorus davlat texnologiyalar universitetining “FAXRIY DOKTORI” darajasi bilan taqdirlandi.
Bu oʻz navbatida taʼlim muassasalarining bugungi faoliyati, oʻquv dasturlari va qoʻllanmalari, professor oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida talabalar almashinuvi, oʻqituvchilarning malaka oshirish borasidagi hamkorligiga yana-da turtki beradi.