Mazkur bayram shodiyonasiga Sogʻliqni saqlash, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutasaddi xodimlari, birinchi kurs talabalari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.
Dastlab oliy taʼlim muassasasi faoliyatiga oid videorolik, soʻngra teatrlashgan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Shu bilan birga birinchi kursga qabul qilingan talabalarning kelgusida yetuk mutaxassislari, professor, akademik, eng muhimi fidoiy shifokor boʻlib xizmat qilishlari uchun tilaklar bildirildi.
Tadbirda soʻz olgan universitet rektori Shuhrat Boymurodov barcha talabalarga murojaat yoʻlladi hamda 1-kurs talabalarini yangi hayot boshlayotganlari bilan tabrikladi. Shundan keyin barcha talabalar talabalik qasamyodini qabul qilishdi. Tibbiyot sohasida oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishni istagan yoshlar uchun bu ilk qadam boʻldi.
Tadbir davomida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan koʻp yillar davomida universitetda samarali faoliyat olib borayotgan va uning rivojiga oʻz yutuqlari bilan hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilarning koʻp yillik mehnati va yutuqlari eʼtirof etildi. Fidoyi professor-oʻqituvchilari taqdirlandi.
Shuningdek, marosim badiiy dastur bilan boyitildi. Universitetning iqtidorli talabalari tomonidan kuy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etildi. Mashhur sanʼatkorlarning chiqishlari esa tadbirga bayramona kayfiyat bagʻishladi.
Zulxumor AKBAROVA









