Toshkent davlat transport universiteti va Xitoyning Tongji universiteti aloqalarni mustahkamlaydi

    Joriy yil 21-iyunda Xitoyning Tongji universiteti prezidenti, professor Pen Chjen Vey boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) ga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida tomonlar talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish, qoʻshma diplom kurslarini yaratish va birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

    Xitoyning transport taʼlimi va tadqiqotlari sohasidagi yetakchi universiteti – Tongji universiteti bilan hamkorlik quyidagilarga imkon beradi:

    - TDTU xalqaro hamkorlari tarmogʻini kengaytirish;

    - Universitet taʼlim dasturlarini boyitish;

    - Transport sohasida ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish;

    - Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun:

    1907-yilda tashkil etilgan Tongji universiteti Xitoyning transport sohasida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha 7 ta eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi.

    Dunyoning nufuzli QS xalqaro reytingida 192-oʻrinni egallagan boʻlib, BMTga aʼzo boʻlgan 12 ta xalqaro tashkilot bilan aloqalari mavjud.