Toshkent davlat yuridik universitetga qabul qilish masalalari tubdan o'zgartirilyapti

    Ta'lim 11 Iyun 2020 27277

    Bu haqda universitet faoliyati bo'yicha tashkil etilgan onlayn brifingda ma'lumot berildi.

    Joriy yilda bakalavriatga qabul 4 ta'lim yo'nalishi bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. SHuningdek, masofaviy ta'lim shakliga qabul qilishni amalga oshirish belgilandi.

    Test sinovlarida ishtirok etish uchun joriy yilning 15 iyunidan 15 iyuliga (shu kuni ham) qadar YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazi rasmiy veb-sayti orqali 24 soatlik rejimda onlayn tarzda ro'yxatdan o'tiladi.

    Test sinovlari o'tkaziladigan fanlar va to'planishi mumkin bo'lgan ballar yig'indisi quyidagicha:

    tarix fanidan 30 ta savol bo'lib, har bir to'g'ri javobga 3,2 balldan beriladi. Fan doirasida jami to'plash mumkin ball 96 ballni tashkil etadi;

    chet tili fanidan 30 ta savol bo'lib, har bir to'g'ri javobga 3,1 balldan beriladi. Fan doirasida jami to'plash mumkin ball 93 ballni tashkil etadi;

    umumiy 2 ta fandan to'planishi mumkin bo'lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

    Test sinovlari 25 iyul`-20 avgust kunlari davomida ko'p sig'imli pavil`onlarda bo'lib o'tadi. Abiturientlar o'zi hoxlagan hududda test sinovlarini topshirishi mumkin.

    2020/2021 o'quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o'qishga kirish bo'yicha chet tilidan o'tkaziladigan test sinovlaridan ozod etish va ushbu fandan maksimal ball olish uchun chet tillarini bilish bo'yicha sertifikatlar darajalari quyidagicha bo'lishi talab etiladi:

    CEFR milliy sertifikati bo'yicha – V2 va undan yuqori;

    IELTS sertifikati bo'yicha – 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball) va undan yuqori;

    TOEFL sertifikati bo'yicha – 72 ball;

    boshqa tillar bo'yicha tegishli milliy va xalqaro sertifikatlar – V2 va undan yuqori.