O’zbekistonda yuridik ta’lim beruvchi yetakchi oliy ta’lim muassasi hisoblangan Toshkent davlat yuridik universiteti, ayniqsa o’z infratuzilmasi, ijtimoiy muhiti va sifatli ta’lim jarayonlari bilan alohida e’tirofga sazovor bo’lmoqda. Xususan, UI Greenmetric xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetining O’zbekistondagi yetakchi “yashil universitet” sifatida ta’n olingani buning yaqqol isbotidir.

TDYU “UI GreenMetric World University Ranking 2025” xalqaro reytingining TOP-200 ro‘yxatiga kiritildi. Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida 1-o‘rinni egallab, global reytingda salkam 100 pog‘ona yuqoriladi. “UI GreenMetric World University Ranking” xalqaro reytingining 2025-yil natijalari e’lon qilindi. Joriy yilda ushbu reytingda dunyo bo‘yicha 1800 ga yaqin universitet ishtirok etdi. Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu xalqaro reytingda 181-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan salkam 100 pog‘ona yuqoriladi.

Bundan tashqari TDYUning Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti THE Impact rankings reyting dasturidagi ishtiroki ham yaxshi natijalar ko’rsatmoqda. Toshkent davlat yuridik universiteti THE Impact Ranking xalqaro reytingida umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2024 yilga nisbatan 100 pog‘onaga yuqorilab, 2025 yilda 301-o‘rinni egalladi.

TDYU “Times Higher Education World Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 301-o‘rinni egallab, TOP-400 ro‘yxatidan joy oldi:

– SDG 8 — Munosib ish o‘rin va iqtisodiy o‘sish — 101-200 o‘rin

– SDG 17 — Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik — 201-300 o‘rin

– SDG 4 — Ta’lim sifati bo‘yicha — 301-400 o‘rin

– SDG 5 — Gender tengligi — 51 o‘rin

– SDG 16 — Tinchlik, adolat va kuchli institutlar — 201-300 o‘rin.

Xususan, TDYUning THE Impact Ranking reyting dasturining gender tengligi (SDG 5) yo‘nalishidagi o‘rni 2022 yilda 601-o‘rinni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 va 2024 yil yakunlariga ko‘ra TDYU shu yo‘nalishda 301-400 egalladi. 2025 yilda esa TDYUning gender tengligi sohasidagi ko‘rsatkichiga ko‘ra universitet kuchli 100talik qatoridan joy oldi va 51-o‘rin natijasini qayd etdi. Bu natija, o‘z navbatida, TDYUning xotin-qizlar va erkaklar tengligi uchun olib borayotgan islohotlarini alohida e’tirof etadi.

Shuningdek, SDG 17 – Maqsadlar uchun hamkorlik sohasidagi o‘sishni ham alohida ta’kidlash joiz. Ushbu yo‘nalishda TDYU 2022 yilda 1001 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2023 yilda 601-o‘rin, va so‘nggi 2 yil ichida 201-o‘rinni mustahkamlagani e’tiborga loyiq. Aynan shu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatlar TDYUning THE Impact Ranking dasturidagi umumiy natijasini jadal ravishda ko‘tarishiga xizmat qiladi.

TDYU vakillari THE Impact Rankings dasturi uchun bag’ishlangan Global Sustainable Development Kongressida ishtirok etdi va u yerda universitet ko’rgazmasi tashkil etilib, reyting dasturida ishtirok etuvchi boshqa universitetlar bilan tajriba almashdi, hamda reyting dasturida universitet pozitsiyasini ko’tarish uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan seminarlarda ishtirok etdi. Joriy yilgi kongressda mamlakatimizning 9 ta oliy ta’lim muassasasidan 82 nafar delegat, jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ham ishtirok etgan. Kongressda O’zbekiston Oliy ta’lim muassasalarining yetakchi o’rinlarni egallagan universitetlarning taqdimotida TDYU vakillari moderator sifatida ishtirok etishdi. TDYUning xalqaro reytinglardagi nufuzini yanada oshirish maqsadida universitetning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari strategiyasini shakllantirish bo‘yicha ekspertlik va mahorat darslarida ishtirok etildi. 60 ga yaqin universitet vakillari bilan hamkorlik yuzasidan suhbatlar tashkil etildi, reyting uchun ovoz berish jarayonlariga jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi va xorijiy talabalarni TDYUga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari tashkil etildi.

Times Higher Educationning THE Impact dasturida yuqori natijalar qayd etishda davom etish uchun universitetda har bir Barqaror Rivojlanish maqsadiga mos keluvchi talabalar klublarini tashkil etish, ta’lim dasturlarida va tadqiqot jarayonlarida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yo’nalishida loyihalarni tashkil etish, xalqaro va xorijiy jurnallarda nashr etiladigan maqolalarni Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga xos tarzda mavzulashtirishni tashkil etish, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yo’lida hamkorliklar o’rnatish va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari uchun bag’ishlangan TDYU veb sahifasini takomillashtirishni rejalashtirilmoqda.

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti Times Higher Education “Interdisciplinary Science Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘p sohalilik darajasi, ilmiy jarayonlarning sifati va ilmiy natijalarning global muammolarni hal etishga qo‘shgan hissasini baholaydigan reytingga joriy yilda 94 ta mamlakatdan 911 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. Toshkent davlat yuridik universiteti mazkur global reytingda ilk bor “Reporter” (da’vogar) maqomiga ega bo‘ldi. Ushbu reytingga kiritilgan oliy ta’lim muassasalari keyinchalik to‘liq reyting mezonlari bo‘yicha baholanishi uchun nomzod sifatida tan olinadi va tashkilot ular bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Toshkent davlat yuridik universiteti The World University Rankings for Innovation (WURI) xalqaro reytingida talabalarga xizmat ko’rsatish va talabalar ishtiroki bo’yicha TOP-20 talikdan joy egalladi TDYU The World University Rankings for Innovation (WURI)xalqaro reytingida talabalarga xizmat ko’rsatish va talabalar ishtiroki bo’yicha 16-o’rinni egallab, TOP- 20 talikdan joy oldi. Bundan tashqari Istiqbolli yetakchilik yo’nalishida 54-o’rinni egallab TOP -100 talikka kirdi. Umumiy reytingda 163-o’rinda Global Top 400ta Eng Innovatsiyada Ilg’or Universitetlar ro’yxatida e’tirof etilib, o‘tgan yilgi ko’rsatkichlardan 20 pog‘ona yuqoriladi. Bu esa O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijadir.

Hozirda, “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm‑fanni yanada isloh qilish chora‑tadbirlari toʻgʻrisida” nomli Prezident Farmoni (PF‑232‑son, 2025‑yil 26‑noyabr) ning Taʼlim sifatini oshirish — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻlidir” degan ustuvor gʻoya asosida zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, yuridik taʼlim, ilm-fan va amaliyotning uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) 2030-yilga qadar nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi boʻyicha yuqori 1 000 talik universitetlar roʻyxatiga kirishini taʼminlash.bo’yicha chora-tadbirlar rejasi tuzilmoqda va xalqaro reytinglarga kirishni tizimli tashkil etish maqsadida strategik dastur amalga oshirilmoqda. Ishonamizki, ushbu harakatlar nafaqat universitet nufuzining yaqqol ortishiga sababchi bo’ladi.

Xolmatova Sarvara,
TDYU Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo'limi mutaxassisi