Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-oʻrinni egalladi. TDYUU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
Reytingda TDYUU 1000 dan ortiq xalqaro universitetlar orasida 401-oʻrinni egalladi. Ushbu koʻrsatkich bilan universitet mazkur reytingda mamlakatimizdan ishtirok etgan 12 ta oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida eng yuqori natijani qayd etdi.
THE “High Impact Rankings”ning 7 ta yoʻnalishida ishtirok etgan universitet ularda quyidagi natijalarni qayd etdi:
- SDG 4: Quality Education — 201-oʻrin;
- SDG 5: Gender Equality — 401-oʻrin;
- SDG 8: Decent Work and Economic Growth — 201-oʻrin;
- SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure — 401-oʻrin;
- SDG 10: Reduced Inequalities — 401- oʻrin;
- SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions — 201-oʻrin;
- SDG 17: Partnerships for the Goals — 401-oʻrin.
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi