Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Frantsiya huquqini o'rganish markazi tashkil etiladi

    Ta'lim 7 Iyul 2020 3279

    Mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi  ko'magida Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) rahbariyati, Frantsiyaning Reyms universiteti Huquq va siyosiy tadqiqotlar fakul`teti dekani Julien Budon hamda ushbu o'quv dargohining xalqaro ishlar bo'limi boshlig'i Mauren Raab bilan videokonferentsiya shaklida muzokaralar o'tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

    Videokonferentsiya avvalida O'zbekiston Respublikasining Frantsiyadagi elchisi Sardor Rustamboev frantsuz tomoniga mamlakatimizda yuridik sohadagi kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma'lumot berdi. Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti salohiyatini xalqaro tajriba asosida takomillashtirishda elchixona zarur amaliy yordam ko'rsatishga tayyor ekani qayd etildi.

    O'z navbatida, Toshkent davlat yuridik universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Islombek Rustambekov oliy ta'lim muassasasida xalqaro aloqalar, jumladan, 2005 yilda ochilgan YApon huquqini o'rganish markazi to'g'risida axborot berdi. Bundan tashqari mazkur universitetda AQSH va Germaniya huquqini o'rganish markazlarining faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Ushu yo'nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish maqsadida TDYUU qoshida Frantsiya huquqini o'rganish markazini ochish taklifi bildirildi.

    Julien Budo xalqaro hamkorlikni kengaytirish universitetning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilaganini aytib o'tdi. Julien Budo TDYUU qoshida Frantsiya huquqini o'rganish markazini ochishga amaliy ko'mak berishga tayyor ekanini bildirdi. SHu bilan birga, ushbu loyihani amalga oshirishga frantsuz universitetlari konsortsiumini yaratgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanini qayd etildi.

    Tadbir yakunida o'zaro hamkorlik yo'nalishlarini aniq belgilab olgan holda anglashuv memorandumini tuzish zarurligi ta'kidlandi.

    Ma'lumot uchun, Reyms universiteti 1967 yilda tashkil etilgan. universitet Frantsiyaning SHampan`-Adern mintaqasida joylashgan. Oliy ta'lim muassasasida 8 ta yo'nalish, jumladan, huquq, filologiya, iqtisod, tabiiy fanlar, jismoniy tarbiya va sport, tibbiyot, stomatologiya hamda farmatsevtika bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ani paytda bu erda 20 mingta talaba tahsil olmoqda.