“Toshkent davlat yuridik universitetiga 30 yil” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

    Mamlakatimizda 8 Aprel 2021 3275

    Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha rektorning tegishli buyrug‘i imzolanadi.

    Mazkur ko‘krak nishoni bilan yuridik ta’lim va fan rivoji, universitet faoliyat samaradorligi hamda nufuzini oshirishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shu bilan birga qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasini rivojlantirishda yuqori natijalariga erishgan, ko‘p yillik ish tajribasi va yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan Toshkent davlat yuridik universiteti faxriylari, xodimlari, talaba va doktorantlari hamda hamkor tashkilotlar, jamoatchilik vakillari, shuningdek, universitetning xorijiy hamkorlari taqdirlanadi.

    Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar universitet prorektorlari tomonidan taqdim etiladi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor ularni umumlashtirib, rektorga taqdim etadi. Nomzodlar rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha rektorning tegishli buyrug‘i imzolanadi.

    Eslatib o‘tamiz, bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi