Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Toshkentda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida noqonuniy oʻqishga kiritib qoʻyish bilan shugʻullanish holatlarini aniqlash boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Х.Х. (muqaddam sudlangan) fuqaro М.Sh.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chet tillari boʻyicha tahsil olganligi toʻgʻrisida sertifikat olib berib, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.