Toshkent deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi

    Xalqaro hamkorlik 29 Mart 2022 984

    3-4-mart kunlari Oʻzbekiston poytaxtida BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi, BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi.

    Hujjat BMTning 6 ta rasmiy tili — ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillariga tarjima qilinib, barcha aʼzo davlatlar va BMTning ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Toshkentdagi konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan edi.