Bu haqda “E-qaror”da eʼlon qilindi.

Poytaxt hokimi qarorida aytilishicha, Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2024-yil davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan yogʻingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bogʻliq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 20 milliard 400 yuz million soʻm mablagʻ ajratilgan.

Qayd etilishicha, pullar yogʻingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bogʻliq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga taqsimlanadi.

Eslatib oʻtamiz; avvalroq Prezidentimiz poytaxtning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirgandi.