30-aprel kuni poytaxtimizda boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Musobaqalar 1-mayda boshlanib, 14-may kuni yakunlanadi.
Ayni paytgacha 104 davlat vakillari roʻyxatdan oʻtdi. 13 ta vazn toifasida jami 640 nafar sportchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Ular soni hal koʻpayishi mumkin. Chunki roʻyxatga olish 14-aprelga qadar uzaytirildi.
Turnirning sovrin jamgʻarmasi – 5,2 million AQSH dollari etib belgilangan. Bu avvalgi chempionatdagidan ikki baravar koʻp. Gʻoliblar 200 ming, kumush medal sohiblari 100 ming va bronza medalini qoʻlga kiritgan bokschilar 50 ming dollar egasi boʻladi.
Chempionatda rossiyalik va belaruslik bokschilar oʻz bayrogʻi va madhiyasi bilan ishtirok etishi tufayli AQSH, Polshi, Shveysariya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Chexiya, Shvetsiya, Kanada, Ukraina kabi bir nechta davlat musobaqada ishtirok etmasligini bildirdi.