Toshkent dunyoning yashash uchun arzon shaharlar beshligiga kirdi

    Urbanizatsiya 20 Noyabr 2020 1631

    The Economist Intelligence Unit (EIU) tadqiqot kompaniyasi pandemiya tufayli qaysi shaharlar eng qimmat boʻlganini aniqladi.

    Tahlilchilar 2020-yil boshidan dunyo boʻyicha 133 shaharlardagi 140ga yaqin mahsulot va xizmatlar narxlarini taqqosladi.

    ▫️Butunjahon tadqiqotning qimmat shaharlar oʻnligiga Syurix, Parij, Gonkong, Singapur, Tel-Aviv, Nyu-York, Jeneva, Los-Anjeles va Kopengagen kirdi.
    ▫️Eng arzon shaharlar esa Olmaota, Karakas, Lusaka, Toshkent va Damashq ekani maʼlum boʻldi.

    The Economist nashri yozishicha, pandemiya paytida masofadan ishlashga oʻtish koʻpgina xarajatlar tuzilishini oʻzgartirib yubordi. Masalan, aksariyat odamlar uyda ishlashga oʻtishlari bilan noutbuk va kompyuterlar narxi oshdi — 2019-yilga nisbatan oʻrtacha 18,7%. Doʻkonlar faoliyati cheklangani bois kiyim-kechak va poyabzallar savdosi sustlashdi, ushbu mahsulotlarning narxlari keskin tushib ketdi.

    Tamaki, alkogol mahsulotlariga talab sezilarli oshdi, ularning narxlari ham koʻtarildi. 2020-yil boshida makaron va hojatxona qogʻozlarini vahimali sotib olish — keyinchalik tanqislik va qimmatlashishga olib keldi. Koronavirus tarqalishi ortidan Uxan (Xitoy)dagi yirik ishlab chiqaruvchi markaz yopildi va bu maishiy texnika ishlab chiqarish kechikishiga sabab boʻldi.