Ibrohim Sagatov 1980-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 2003-yil Oʻzbekiston Milliy universitetining siyosiy fanlar fakultetini bakalavriat bosqichini, 2007-yilda magistratura mutaxassisligini, shuningdek 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Adolat SDP Mirobod tuman Kengashi Deputati.
Shu kunga qadar 2011-yildan Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi direktori lavozimida ishlab kelgan.