“Toshkent favvorasi” DUK tugatilmoqda

    Hukumat qarori bilan “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi tugatilmoqda.

    Tashkilotning mavjud qarzdorliklari esa Toshkent shahar mahalliy byudjetidan 2024-yilda favvoralarni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

    Toshkent shahridagi mavjud 43 ta favvora esa davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlandi hamda ularning rahbarlari favvoralarning moddiy-texnik holatini yaxshilash, benuqson ishlashi uchun shaxsan javobgar etib belgilandi.