9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan badiiy ko'rgazma ochildi

    Ekspozitsiyada shoʻba aʼzolarining Ikkinchi jahon urushi xaqidagi xotiralarni mujassamlashtirgan tarixiy, manzara, portret va natyurmort janridagi asarlarni koʻrish mumkin.

    Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan, ajdodlar xotirasini yod etish va keksalarimizga hurmat-ehtiromda boʻlishga qaratilgan ushbu koʻrgazmada, asosan, rangtasvir asarlari oʻrin oldi. Ekspozitsiyada shoʻba aʼzolarining Ikkinchi jahon urushi xaqidagi xotiralarni mujassamlashtirgan tarixiy, manzara, portret va natyurmort janridagi asarlarni koʻrish mumkin.

    Sh.Gafurov, R. Matevosyan, R.Rizamuxamedov, A.Batikov, L.Markin, E.Masharipov, R.Azixanov, O.Vasixanov, R.Matevosyan, R.Mamasoliyev, Ye.Shubina kabi rassomlarning asarlari koʻrgazma mazmun-mohiyatini yoritadi. Ekspozitsiyada 43 ta rangtasvir asari namoyish etilmoqda.