2025-yil 24-noyabr kuni atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qiluvchi avtomatik stansiya maʼlumotlariga koʻra, poytaxtda havo sifati hamon yomonligicha qolmoqda.
- PM10 miqdori — 244 mkg/m³, bu ruxsat etilgan meʼyor (300 mkg/m³)dan oshmagan.
- PM2.5 miqdori — 180 mkg/m³, meʼyor (60 mkg/m³)dan 3 barobar yuqori.
Mutasaddilarning taʼkidlashicha, havodagi mayda zarrachalar konsentratsiyasining oshib ketishiga haroratning keskin oʻzgarishi taʼsir qilgan. Inversiya jarayoni havodagi ifloslantiruvchi zarrachalarning havoda ushlanib qolishi va past qatlamda toʻplanishiga sabab boʻladi.
Toshkentliklarga tashqi muhitda uzoq boʻlmaslik, ayniqsa bolalar, qariyalar va yurak-qon tomir kasalliklari bor fuqarolarga ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etildi.









