Toshkent havosi kechagidan biroz yaxshilandi

    Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, Toshkentning sharqiy hududidagi datchiklar bugun havo sifati “sariq” darajasiga tushgan — bu kechagiga nisbatan yaxshiroq koʻrsatkich hisoblanadi.

    Shu yilning 26-noyabr kuni soat 09:00 holatiga koʻra atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi:

    • PM10-mayda dispersli zarrachalarning miqdori 210 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi;
    • PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 144 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan meʼyorlardan (60 mkg/m3) 2,4-marta oshgan.

    Taʼkidlash joiz, koʻrsatkichlarning oshishiga harorat oʻzgarishi ham sabab boʻlgan. Haroratning keskin oʻzgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning toʻplanishiga va atmosfera havosidagi kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi.