Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi:
- PM10-mayda dispersli zarrachalarning miqdori 166 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi;
- PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 99.5 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan meʼyorlardan (60 mkg/m3) 1.6-marta oshgan.
Taʼkidlash joiz, koʻrsatkichlarning oshishiga harorat oʻzgarishi ham sabab boʻlgan. Haroratning keskin oʻzgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning toʻplanishiga va atmosfera havosidagi kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi.