17 oktyabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishi kutilmoqda.
O'zgidromet ma'lum qilishicha, bu uzoq vaqt davomida yog'ingarchilikning bo'lmagani va havo haroratining inversiyasi natijasida sodir bo'lmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga quyidagi tavsiya qilinmoqda:
1. Imkoni boricha, uydan chiqmaslikka harakat qilish kerak.
2. Ko'chada bo'lganda, albatta tibbiy niqob taqish va uni har bir soatda almashtirish lozim.
3. Nafas qaytishi, burun bitishi, aksa urish, tumov, ko'zlar qizarishi va qichishishi, tomoqda qattiq qichishish, yo'tal paydo bo'lganda zudlik bilan allergolog shifokorga murojaat qilish lozim.
4. Shuningdek, tuzli eritmada burun va tomoqni chayish, oynalarni yopiq holatda saqlash, oynalarning oldida xo'l sochiqlarni yoyib qo'yish tavsiya etiladi.
Toshkent havosida kuchli ifloslanish kutilmoqda
Shu munosabat bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga quyidagi tavsiya qilinmoqda:
4 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi birja savdolarida qonunbuzilishlar aniqlandi
- O‘zbekiston mudofaa vaziri Qozog‘iston harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi
- Kimlar kasb va xorijiy til oʻrganish uchun vaucher olishi mumkin?
- Andijonda 9,4 milliard dollarlik 206 ta loyiha: qurilish sohasi oldiga qanday vazifalar qo‘yildi?
- Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,1 baravarga oshdi
- Oʻzbekistonga davolanish uchun kelganlar ichida tojikistonliklar yetakchilik qilmoqda
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?