Bu haqda Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Maxsus komissiya rahbari Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov brifingda maʼlum qildi.

Uning qayd etishicha, olib borilgan reyd tadbirlari davomida jami 331 ta korxona tekshirildi. Ulardan havoni ifloslantirayotgan 35 ta obyektning faoliyati 10 kunga vaqtinchalik toʻxtatildi.

«Kamchiliklarni ushbu muddatda bartaraf qilmagan korxonalar faoliyati toʻliq toʻxtatilib, bu yuzasidan sud hujjatlari tayyorlanmoqda.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilmagan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJ faoliyati sud qaroriga muvofiq toʻliq toʻxtatildi.
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi 434 ta qurilish tashkilotlari rasman ogohlantirildi. 50 tasiga nisbatan tegishli choralar koʻrildi. 2056 nafar huquqbuzarlarga tegishli jarimalar qoʻllanildi.
Mazkur olib borilgan nazorat natijalari taʼsirida Toshkent shahar havosining ifloslanish darajasi bir muncha kamayishga erishildi.
24-noyabr kuni 18:00 holatiga koʻra, 350-400 mg/m³ boʻlgan boʻlsada, 25-noyabr kuni soat 18:00 da 150-200 mg/m³ni tashkil etgan» — deydi Maxsus komissiya rahbari.

Soʻnggi kunlarda davlat tomonidan aholi salomatligini asrash yoʻlida poytaxt havosi sifatini yaxshilash uchun qilingan amaliy ishlar oʻz natijasini berib, ekologiyani bir muncha yaxshilanishiga erishildi.