Toshkent shahridagi lotoklarning oʻrtacha diametri 300 mmga teng. Ular yogʻingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi.
2-aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik natijasida 20 mm yomgʻir yogʻdi va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meʼyorning yaʼni 60 mm.ning uchdan bir qismiga teng.
Lotoklar bir paytning oʻzida bunday katta oqimni qabul qilishga moʻljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv toʻplanishi kuzatildi.
Bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilib, 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.