Shunday nufuzli anjumanlardan biri bu - "Toshkent huquq bahori"dir. Ikki yilda bir marta tashkil etiladigan joriy yil 4-marta oʻtkazilinayotgan "Toshkent huquq bahori" quyoshi bu safar boshqacha nur taratmoqda, chunki, ushbu anjuman doirasida birinchi marta birinchi yuridik yoshlar forumi oʻtkazildi.

Yoshlar uchun alohida yuridik platforma yaratilishi, bu ular uchun zamonaviy yuristpridensiya tendensiyalarini o'rganish imkoniyatini beradi. Xususan, sunʼiy intellekt, kiber xavfsizligi, aqlli universitet, smart contract, legaltec singari bilimlarni o'rganish bu shunchaki kelajak emas, balki, bugunning chaqirig'idir.

Toshkent davlat Yuridik universitetida boʻlib oʻtgan ayni bahor faslining oxirgi kunlari yani o'ttizinchi, o'ttiz birinchi may huquqshunos yoshlar xotirasida mangu muxrlanadigan bo'ldi. Chunki forum yosh huquqshunoslarning isteʼdodlarini amalda namoyon etish, yangi tanishlar orttirish, fikrlar almashish, ilgʻor loyihalarni ilgari surish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Yuqorida aytib oʻtilgan "Toshkent huquq bahori" anjumanining ishtirokchilari geografiyasi kengayib unga boʻlgan qiziqish ham oshib borayotgan bir paytda, birinchi yuridik yoshlar forumining o'tkazilishi mantiqan yuqori natijadir. Chunki, bunday yosh huquqshunoslar shunchaki huquq bilim oluvchisi sifatida emas, balki ularni huquq ijodkori ruhida tarbiyalash, xalqaro anjuman shukuhida o'zlariga boʻlgan ishonchni orttirish bu yosh huquqshunoslar uchun yangi imkoniyatlar darvozasuni ochadi. Yuridik yoshlar forumi doirasida tashkil etilgan panel muhokamalarida huquqshunos talabalar o'zlarining nutqlari orqali mavjud huquqiy muammolarga kreativ yechimlar taqdim etishib, yangi huquqiy innovatsiyalarni ilgari surishidi.

Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlar 3-renesans driveri yoshlar kelajak bunyodkori singari konstruktiv g'oyalar bu shunchaki g'oyalar boʻlib qolmay, balki, Yangi O'zbekiston huquqshunoslari amaliy jihatdan dastaklayapti ham. Yana shuni alohida aytish kerakki, mamlakatimizning turli hududlarida huquqshunoslik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar Toshkent davlat Yuridik universitetida ayni huquq bayramida birlashish va yangi gʻoyalar ilgari surish imkoniyatiga ega bo'lishdi.


Asadbek Zairov,

Toshkent davlat Yuridik universiteti

jamoatchilik va ommaviy axborot vositalar bilan aloqalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi