Toshkent IIBB talabalarni arzon “ijarachi” firibgarlardan ogohlantirdi

    Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yangi oʻquv yili munosabati bilan poytaxtga kelayotgan talabalar va ularning ota-onalarini ehtiyot boʻlishga chaqirdi.

    Maʼlumotlarga koʻra, bu davrda arzon ijara uylari haqida tarqatilayotgan soxta eʼlonlar orqali fuqarolarni aldash holatlari ortib bormoqda.

    Firibgarlar ijara haqini arzon narxda taklif qilib, oldindan pul undirishga harakat qiladi, ammo keyinchalik uy topshirilmaydi yoki umuman yoʻqligi maʼlum boʻladi. Shu sababli IIBB ijara uy qidirayotganlardan faqat ishonchli manbalar orqali murojaat qilishni, shartnomalarni rasmiylashtirishni va pulni oldindan bermaslikni tavsiya etmoqda.

    Talabalar va ularning yaqinlariga ehtiyotkorlik bilan yondashish, shubhali eʼlonlardan saqlanish tavsiya etilmoqda