Toshkent kimyo-texnologiya instituti kelgusi oʻquv yilidan boshlab “super-kontrakt”dan voz kechmoqchi

    Ta'lim 11 Yanvar 2022 3377

    Bu haqda Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori Botir Usmonov AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

    «Institutga moliyaviy mustaqillik berildi. Endi toʻlov-kontrakt miqdorida oʻzgarish boʻladimi? Bu boʻyicha qaror — 2022-2023-oʻquv yili uchun qabul qilinadi. Bu yil ikkinchi semestr uchun narxlar oʻzgarmaydi.

    Biz keyingi yildan boshlab super-kontraktga talaba qabul qilishdan voz kechishga harakat qilamiz. Chunki biz taʼlim sifatiga asoslangan “brend” yaratishni maqsad qilganmiz. Shu bois faqat iqtidorli va ishlab chiqaruvchilarga maʼqul keladigan nomzodlarni talabalikka qabul qilamiz», — deya taʼkidladi rektor.