Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Mirobod tumani T.Shevchenko ko‘chasida “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.
Jumladan, T.Shevchenko ko‘chasining S.Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmalari hududidagi eskirgan, diametri 720 mm, uzunligi 448 metr magistral issiqlik quvurini yangisiga almashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, harakatlanish qayta tiklanadi.