Toshkent koʻchalariga yana 59 ta “Yutong” rusumli elektrobus chiqariladi

    Transport 11 May 2023 1275

    Bugundan boshlab Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “Yutong” rusumli elektrobuslardan yana 59 tasi poytaxt koʻchalariga chiqariladi.

    Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “Yutong” rusumli elektrobuslardan samarali foydalanish maqsadida, 2023-yil 11-may kunidan boshlab quyidagi yoʻnalishlarga tasarruf etilmoqda: (https://t.me/tshtxuz/4607)

    Harakat tarkibi yangilanmoqda:

    🔹12 donasi -“4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 45-sonli “Boshliq mavzesi – FOOD CITY savdo majmuasi” avtobus yoʻnalishiga;

    🔹14 donasi - “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha – Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishiga;

    🔹10 donasi - “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 85-sonli “Qora qamish 2/4 mavzesi – Toshkent MUM” avtobus yoʻnalishiga;

    🔹4 donasi - “4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 8-sonli “Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha” avtobus yoʻnalishiga; Avtobuslar soni koʻpaytirilmoqda:

    🔹1 donasi - “1-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 13T-sonli avtobus yoʻnalishiga;

    🔹1 donasi - “4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 57-sonli avtobus yoʻnalishiga;

    🔹5 donasi - “7-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 94-sonli avtobus yoʻnalishiga;

    🔹4 donasi - “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 100-sonli avtobus yoʻnalishiga;

    🔹1 donasi - “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 67-sonli avtobus yoʻnalishiga;

    🔹3 donasi - “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 51-sonli avtobus yoʻnalishiga;

    🔹1 donasi - “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 95-sonli avtobus yoʻnalishiga;

    🔹3 donasi - “18-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 53-sonli avtobus yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish uchun biriktirilganligini maʼlum qilamiz.