баннер
24 Apr 2025
18:39

    “Toshkent-Madrid” yoʻnalishidagi toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovlari yoʻlga qoʻyildi

    “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi “Toshkent-Madrid” yoʻnalishidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.

    Havo qatnovlarining ochilish marosimi Adolfo Suares nomidagi Madrid-Baraxas aeroportining 1-terminalida boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov va aviakompaniya mutasaddilari ishtirok etdi.

    Toshkent va Madrid oʻrtasidagi parvozlar sakkiz soatni tashkil etadi. Yangi yoʻnalish “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi tarmogʻidagi eng uzun masofalardan biriga aylandi. Parvozlar haftada bir marta – dushanba kuni amalga oshiriladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    Ushbu havo qatnovlari Oʻzbekiston va Ispaniya oʻrtasidagi madaniy almashinuv, turizmni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun qoʻshimcha imkoniyatlar ochishi kutilyapti.

    “Toshkent-Madrid” toʻgʻridan-toʻgʻri aviareysining ochilishi sayyohlik agentliklari va biznes vakillari tomonidan ham ijobiy baholandi. Ularga koʻra, endi Oʻzbekiston va Ispaniya oʻrtasidagi qatnovlar tezlashadi va logistika ancha soddalashadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech