Bu haqda Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida umumtaʼlim maktablarida taʼlim sifatiga yanada eʼtibor qaratish va oʻquvchilarning darslarga qatnashini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilandi.
«Smart School» dasturi orqali:
- oʻquvchilarning darsga qatnashishi va davomati elektron ravishda qayd etiladi;
- sunʼiy intellekt yordamida bolalarning ruhiy holati tahlil qilinadi;
- oʻquvchilarning fanlarga qiziqishi, oʻqituvchilarning pedagogik salohiyati baholanadi.
Dastlabki bosqichda tizim Olmazor tumanidagi 31 ta maktabning 250 ta sinfida sinov tariqasida ishga tushiriladi. Shuningdek, poytaxtdagi barcha 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar oʻrnatilib, ular “Smart School” dasturi bilan integratsiya qilinadi.
Kameralardan foydalanish xarajatlari mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Qaror ijrosi ustidan nazorat shahar hokimining oʻrinbosari Dilfuza Rahimova zimmasiga yuklatildi.








