Toshkent markazidagi Olmazor koʻchasi bir muddatga yopiladi

    Voqea-hodisalar 10 Iyun 2022 1192

    Bugun, 10-iyun kuni Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi tashkil topganining 85 yilligiga bagʻishlangan “Open-air” konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

    Ushbu tadbir munosabati bilan Olmazor—Islom Karimov koʻchalari chorrahasidan, Olmazor—Navoiy koʻchalari chorrahasigacha boʻlgan qismi avtotransport vositalari harakati uchun soat 18:30 dan 23:00 ga qadar yopiladi.

    Aylanma yoʻllardan harakatlanish tavsiya qilindi.