Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yoʻlining metro liniyasi Sergeli yoʻnalishi bilan bogʻlandi

    Transport 11 Mart 2024 1608

    Bugun, 11-martdan Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yoʻlining II bosqichi doirasidagi Turon va Qipchoq bekatlari yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishni boshladi.

    Mazkur bekatlarning ishga tushirilishi bilan Yer usti halqa metro liniyasi Sergeli yoʻnalishi bilan bogʻlanadi.

    Natijada Toshkent metropoliteni yoʻnalishlar tarmogʻining umumiy uzunligi 71,0 kilometrga yetdi. Metropoliten bekatlari soni esa 50 tani tashkil etadi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.