“Toshkent metropoliteni” DUK rahbari “Toshkent metropoliteni” DUK tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari bilan navbatdagi yig'ilishni o'tkazdi. Bu haqida “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbada yig'ilish davomida quyidagi masalalar topshiriq sifatida mas'ullar zimmasiga yuklatilgani aytilmoqda:
- Tirbandliklarning oldini olish, yo'lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, poezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida poezdlar harakati jadvalini qayta ko'rib chiqish;
- Metropoliten barcha yo'nalishlarda “tig'iz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan xolda qo'shimcha harakat tarkiblari sonini ko'paytirish;
- Metropolitenning asosiy ish faoliyatiga ta'sir qilmagan xolda “Chilonzor” elektrodeposi tasarrufidagi harakat tarkiblari texnik ko'rikdan o'tkazilib, hafta so'ngiga qadar aniqlangan nosozliklar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tasdiqlovchi foto suratlarni ilova qilgan xolda ma'lumot taqdim etish;
- Joriy yilning so'ngi 6 oylik davrida qayd etilgan metropoliten harakat tarkiblarining texnik nosozlik tufayli liniyadan chetlatilganligi xolatlari soni, nosozlik sabablari, nosozlik qayd etilgan uskuna yoki tizimlar to'g'risida tahliliy ma'lumot tayyorlab kiritish;
- Yer usti xalqa yo'li qurilish ishlarining 2-bosqichi № 8-9-10-11-metro bekatilarining qurilish ob'ektiga qurilish montaj ishlar bo'yicha biriktirilgan ishchi guruhning har bir ma'sul xodimi tomonidan qurilish holatini puxta o'rganib, hafta davomida aniqlangan va avval ko'rsatilgan, lekin bartaraf etilmagan kamchiliklar bo'yicha ma'lumotlar, tasdiqlovchi foto suratlari ilova qilingan xolda sharxlari bilan tayyorlab taqdim etish.