Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln nafarga koʻp.

2024-yilning yanvar iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan boʻlib, 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda ushbu koʻrsatkich 277,1 ming yoʻlovchiga oshgan.