Toshkent metropolitenida mobil aloqa va internet yoʻlga qoʻyildi

    Transport 17 Yanvar 2022 7232

    “UZTELECOM” milliy operatori maxsus zamonaviy uskunalardan foydalangan holda, metropolitenni yuqori texnologiyali aloqa bilan taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli loyihani amalga oshirdi.

    Yangi 2022-yil boshidan Toshkent metropolitenining barcha yoʻnalish va stansiyalari “UZTELECOM” mobil aloqasi bilan qamrab olindi.

    Toshkent metrosi nafaqat jamoat transporti, balki madaniy meros va sayyohlik diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Yoʻlovchilar uchun mobil aloqa va Internet butun yoʻlda ishlashi muhimdir.

    Amalga oshirilgan ishlar, birinchi navbatda, Respublika aholisi va mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.